Tadbirlar

COVID-19 pandemiyasi bilan bogʻliq global chaqiruv - Adamed Ikkinchi Xalqaro Konferentsiyasi tez orada oʻtkaziladi

20 Aprel 2021

SARS-CoV2 virusini yengib, COVID-19 pandemiyasini tamomlash – butun dunyo sogʻliqni saqlash tizimi bir yildan koʻproq davr mobaynida duch kelgan eng muhim global chaqiruv hisoblanadi. Sogʻayganlar kurashayotgan navbatdagi mutatsiyalar yoki asoratlar – bugungi tibbiyot muammolaridir. Bir vaqtning oʻzida shifokorlar har safar boshqa bemorlarga yordam koʻrsatish va ularn davolashda zarur boʻlgan usullaridan foydalanishga urinmoqdalar. Virusni yaxshiroq tushunish va bemorlarga yordam koʻrsatish uchun keng doirada fikrlash va professional bilimga ega boʻlish lozim.  Qisqa vaqt ichida navbatdagi Adamed Xalqaro Anjumanida dunyo boʻyicha bir necha ming mutaxassis ishtirok etadi. “Pandemiya bilan yana bir yil va sogʻliqni saqlash tizimiga yangi chaqiruvlar” deya nomlangan tadbir 2021-yilning 22-23-aprel kunlari onlayn tarzda oʻtkaziladi.

Eng soʻnggi ilmiy izlanishlarga asoslangan bilimlar, mutaxassislar bilan hamkorlik va innovatsiyalar bugungi kungacha koronavirusga qarshi kurashishda yagona samarali tajriba boʻlib qolmoqda. Zamonaviy tibbiyotning muhim chaqiruvlariga javoban Adamed ikkinchi marta Yevropa va Osiyoning toʻqqizta mamlakatidan shifokorlarni Xalqaro konferentsiyaga taklif qilmoqda. Mazkur tadbir COVID-19 ga qarshi kurash boʻyicha soʻnggi yangiliklar, pandemiyaning kundalik klinik amaliyotni qanday oʻzgartirishini kuzatish hamda shifokorlar qarshisida turgan muammolarga bagʻishlangan. Maʼruzalar onlayn tarzda polyak, ingliz, rus va ispan tillariga tarjima qilingan holda efirga uzatiladi.

Adamed II Xalqaro konferentsiyasining bosh moderatori prof. Andrzej M. Fal – Varshavadagi Ichki ishlar va maʼmuriyat vazirligining markaziy klinik kasalxonasi, allergiya, oʻpka kasalliklari va ichki kasalliklar klinik boʻlimi boshligʻi va Polsha jamoat salomatligi jamiyati boshqaruv kengashi prezidentidir. Uning fikricha, bu kabi loyiha shifokorlarni yuksak tarzda qoʻllab-quvvatlash demakdir: Birinchi anjumanda 10,000 dan ortiq shifikor ishtirok etdi. Tadbir boshidagi ikki kun davomida bemorlarimizni davolashda va COVID-19 ni toʻxtatishda biz uchun foydali boʻlishi mumkin boʻlgan har bir muammoni amaliy tarzda muhokama qildik. Bir necha oy oʻtgach, pandemiya jiddiy tus oldi, biroq biz emlashni boshladik va koronavirusga qarshi kurashish borasida baʼzi bilimlarga ega boʻldik. Kelinglar, bundan-da koʻproq bilimlarga ega boʻlish uchun II Adamed Xalqaro Anjumanida uchrashaylik.

Anjuman kun tartibiga 9 ta mamlakatdan 18 ta mutaxassis tomonidan tayyorlangan maʼruzalar kiritilgan. Maʼruzalar, shu jumladan pandemiya davrida psixiatrlar roli, COVID-19 dan keyin sogʻlikning tiklanishi va bemor reabilitatsiyasi vaqtida asoratlar, shuningdek bu kasallikning reproduktiv salomatlikka taʼsiri kabi mavzularni oʻz ichiga olgan. Shuningdek emlash borasida soʻnggi yangiliklar ham oʻrin olgan.

So'ngi
Xabarlar
3 Mart 2022
Eski
Tadbirlar
14 Dekabr 2020