Ishlanma va innovatsiya

Biz fan va biznes integratsiyasini  ta’minlaymiz

Adamed mamlakat va xorijning yetakchi universitetlari va ilmiy institutlari bilan hamkorlik qiladi.
 

Adamedning bozordagi muvaffaqiyatlariga asos tadqiqot va ishlanmalar hamda innovatsion mahsulotlarni
dunyoning 70 dan ziyod mamlakatida.
Biz ikkita biznes modelga amal qilamiz: texnologiyalardan foydalanish huquqini sotish hamda xalqaro bozorlarda oʻz savdo kanallarimizni yaratish.

Innovatsiyalar quloch yoygan makon

Adamed innovatsion dori-darmonlar ustidagi R&D faoliyatini bu sohada Polshada birinchilardan boʻlib 2001-yili boshlagan. Har kuni qariyb 250 nafar tadqiqotchilar tibbiyot va sivilizatsiya duch kelayotgan asosiy muammolarni hal qila oladigan ilgʻor dori-darmonni ishlab chiqish maqsadida Adamed bilan ishlaydilar.
 

Boshqalar

Biz biznes gʻoyalarni qoʻllab-quvvatlaymiz

2015-yildan buyon Adamed start-ap ekotizimini faol qoʻllab-quvvatlab kelmoqda. Moliyalashtirish bilan bir qatorda biz start-aplarga yangi mahsulotlar va xizmatlarni yaratish hamda savdo faoliyatlarini oʻstirishda ilk qadamlarini qoʻyishga yordam beruvchi korxonalarga jalb qilinganmiz. Adamed koʻplab Markaziy va Sharqiy Yevropa bozorlarida start-ap texnologiyalari biznesi uchun jadallashtirish loyihalarini amalga oshirgan.
 

Boshqalar

YeI loyihalari

Adamed maqsadli loyihalarini amalga tadbiq etishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida YeI Tuzilma fondlarida muvaffaqiyatli qatnashib kelmoqda. Kompaniya ilk bor 2006-yili qandli diabet kasalining 2-darajasi uchun innovatsion dori vositalari ishlab chiqishni qamrab olgan loyiha ustida ishlagan paytida fond yordamidan foydalangan. Shundan buyon kompaniya 20 dan ortiq innovatsion loyiha, asosan, R&D boʻyicha yordam sifatida YeI fondidan qariyb 200 million polsha zlotiysi oldi. Taʼkidlash muhimki, ushbu moliyalashtirish bozorga kiritilayotgan yangi preparatlar orqali bemorlar uchun haqiqiy manfaatga aylanmoqda. Adamed tomonidan amalga oshirilgan keng qamrovli innovatsion intilishlar YeI Tuzilma fondlari va milliy resurslardan yordam olish uchun izlangan va murojaat qilgan kompaniya iqtidorli Jamoasining maqsadlarini oqladi.

Adamed oila uchun


Adamed oilasi haqida batafsil



Batafsil