Adamed Pharma S.A. Kuzatuv kengashi
T.f.d. Małgorzata Adamkiewicz
Adamed Pharma Kuzatuv kengashi raisiShifokor-endokrinolog, Adamed Pharma hamasoschisi va hammuallifi.
U Varshava tibbiyot universiteti hamda Stockholm School of Economics Executive Education taʼlim muassasasi bitiruvchisidir.
U ichki kasalliklar hamda endokrinologiya boʻyicha I va II darajali mutaxassislikka ega. 12 yil davomida Varshavadagi Belyanski kasalxonasining Endokrinologiya klinikasida — Shifokorlar malakasini oshirish tibbiyot markazida (CMKP) shifokorlik amaliyotini oʻqituvchilik faoliyati bilan birga olib bordi.
Adamed Pharma kompaniyasi bilan u tashkil etilgan ilk kunlardan buyon hamkorlik qilib keladi. Kasalxonada shifokor va oliy taʼlim muassasasi oʻqituvchisi boʻlib ishlash bilan bir vaqtda Adamed kompaniyasini tuzishda va undagi faoliyatda ishtirok etdi. Adamedʼning ilk mahsulotlarini ishlab chiqish, roʻyxatdan oʻtkazish, sotish va marketing jarayonlariga bevosita jalb qilingan. 1998–2006 yillarda Tibbiyot direktori lavozimida ishlab, Tadqiqotlar va ishlanmalar (R&D) boʻlimini tuzish hamda yangi dori-darmonlar ustidagi tadqiqotlarni boshlash uchun masʼul boʻlgan.
2006–2013 yillarda kompaniyani Boshqaruvchi direktor, keyinchalik esa 2020 yilgacha Bosh direktor sifatida boshqardi. 2020 yildan buyon Kuzatuv kengashi raisi hisoblanadi.
Oʻzining klinik va ilmiy tajribasidan foydalanib, Adamedʼni xalqaro farmatsevtika-biotexnologiya kompaniyasiga aylantirdi. 2010 yilda oilasini koʻndirib, Polfa Pabianice kompaniyasini sotib olish boʻyicha qaror qabul qildi, bu esa dori-darmonlar portfelini sezilarli darajada kengaytirish va ishlab chiqarish koʻlamini oshirish imkonini berdi.
Oxirgi 25 yil ichida Adamed daromadlari 50 baravarga oshdi.
2014 yilda u Adamed SmartUP dasturi orqali iqtidorli yoshlar rivojlanishini qoʻllab-quvvatlovchi Adamed jamgʻarmasiga asos soldi. 12 yil davomida dasturga 100 mingga yaqin oʻquvchi ariza topshirdi, yarim mingdan ortigʻi ilmiy oromgohlarda ishtirok etdi. Adamed jamgʻarmasi, shuningdek, „Wspierająca Szkoła“ („Qoʻllab-quvvatlovchi maktab“) dasturi doirasida bolalar va yoshlar ruhiy salomatligini muhofaza qilish boʻyicha faoliyat yuritadi.
Polshada tadbirkorlik, innovatsiyalar va deregulatsiyani rivojlantirishda faol ishtirok etadi.
2013 yilda oʻz xizmatlari uchun Polsha Respublikasi Prezidentining „Oltin xizmat kresti“ ordeni bilan, 2019 yilda esa „Mustaqillikni qayta qoʻlga kiritishning 100 yilligi“ medali bilan taqdirlandi.
2013–2015 yillarda Pekao SA Kuzatuv kengashi aʼzosi boʻlgan.
2025 yilda Polshada EY tanlovida „Yil tadbirkori“ deb topildi. U SprawdzaMY tashabbusi Boshqaruv qoʻmitasi aʼzosi, Think Tank The Company Biznes-kengashi aʼzosi va 2015 yildan buyon Polsha biznes-kengashi boshqaruvi vitse-prezidenti hisoblanadi.
T.f.d. Karolina Adamkiewicz
Kuzatuv kengashi aʼzosiShifokor, kompaniya rivojiga hissa qoʻshayotgan oilaning uchinchi avlodini namoyon etadi.
2014 yilda Kembrij universitetida Neuroscience (neyrofanlar) yoʻnalishi boʻyicha tahsilni tamomladi, 2017 yilda esa King's College Londonʼda tibbiyot yoʻnalishini bitirdi. Tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasini 2019 yilda Varshava tibbiyot universitetida oldi. 2021 yilda ichki kasalliklar boʻyicha Buyuk Britaniya diplomini (MRCP UK) qoʻlga kiritdi. 2024 yilda INSEADʼda xalqaro muhitda biznesni boshqarish va rivojlantirishga tayyorlaydigan MBA dasturini yakunladi.
Klinik tajribani Buyuk Britaniya davlat sogʻliqni saqlash tizimi — Londondagi NHSʼda orttirdi. 2017–2019 yillarda Foundation Doctor (East London), 2020–2023 yillarda esa Internal Medicine Trainee hamda Cardiology and Medical Registrar (North West London) sifatida faoliyat yuritdi. COVID-19 pandemiyasi davrida kardiologiya, intensiv terapiya va shoshilinch tibbiy yordam boʻlimlarida ishladi.
Biznes sohasidagi tajribani McKinsey & Company kompaniyasida (2016) orttirdi. Shuningdek, Rabotdagi (Marokash) tugʻruqxonada hamda Filippinda tibbiy koʻngillilik bilan shugʻullanib, u yerda mahalliy qutqaruv xizmatlari uchun birinchi yordam koʻrsatish boʻyicha treninglar oʻtkazdi.
Adamed Pharma bilan 2015 yildan buyon hamkorlik qiladi. Kompaniya biznesini rivojlantirish hamda xalqaro ekspansiyasini qoʻllab-quvvatlash uchun oʻz tibbiy tajribasi va ekspertlik bilimlaridan foydalanadi. 2019–2020 yillarda Ispaniyadagi vakolatxonada Biznesni rivojlantirish boʻyicha menejer lavozimida ishladi. Hozirgi kunda Business Development Director sifatida Adamed dori-darmonlar portfelini rivojlantirish va Yevropa hamda Lotin Amerikasi bozorlaridagi eksponatsiyasiga masʼuldir. Barselona yaqinidagi Riells-i-Viabrea shahrida joylashgan Sanofi kompaniyasining ishlab chiqarish korxonasini sotib olish bitimida qatnashdi, bu Adamedʼning Yevropadagi ishlab chiqarish salohiyatini mustahkamlaydi va kompaniyaning xalqaro bozorlardagi kelgusi rivojlanishini qoʻllab-quvvatlaydi.
Michał
Adamkiewicz
Kuzatuv kengashi aʼzosi
Muhandis, Stenford universiteti bitiruvchisi, mexatronika, robototexnika va mashinali oʻrgatish (machine learning) sohasiga ixtisoslashgan. Kompaniya rivojiga hissa qoʻshayotgan oilaning uchinchi avlodini namoyon etadi.
Hozirgi kunda Stenford universiteti talabalar ilmiy toʻgaragidan yetishib chiqqan WindBorne Systems texnologik startapida tadqiqotlar va ishlanmalar boʻyicha direktor hisoblanadi. Michał Adamkiewicz bir necha yildan buyon hammualliflik qilayotgan texnologiya TIME Best Inventions 2025 roʻyxatiga kiritilgan.
Koʻp yillardan buyon mexatronik qurilmalarni loyihalash bilan shugʻullanadi. Oʻzining birinchi 3D-printerini oʻsmirlik chogʻidayoq yigʻgan. Bir nechta patentlar hammuallifidir. Hali maktabni bitirish imtihonlariga (matura) qadar krio-sharoitlarda 3D-bosib chiqarish boʻyicha oʻzining birinchi patent arizasini topshirgan.
Mexatronika va mikroelektronika sohasi boʻyicha muhandislik darajasini (2020), shuningdek, signallarga ishlov berish va matematik optimallashtirish ixtisosligi boʻyicha Elektron muhandisligi yoʻnalishida magistrlik darajasini (2023) oldi.
Oʻqish davomida NVIDIA kompaniyasida, keyinchalik robotlar avtonomiyasi laboratoriyasida ishladi va u yerda robotlar navigatsiyasida mashinali oʻrgatish modellaridan foydalanishga bagʻishlangan ilmiy nashrlar hammuallifi boʻldi. Mexanika, elektronika va sunʼiy intellekt sohasidagi tajribani oʻzida mujassam etgan.
Magistratura bosqichida oʻqib yurganida mexatronikaga kirish kursini loyihalashtirdi va uni olib bordi. Universitetni tamomlagach, Stenford universiteti oʻqituvchisi sifatida pedagogik faoliyatini davom ettirdi.
Aniq va tabiiy fanlarga qiziquvchi iqtidorli yoshlar uchun Adamed jamgʻarmasining Adamed SmartUP dasturi gʻoya muallifi va hamasoschisidir. Ushbu dastur 2014 yildan buyon amalga oshirib kelinmoqda.
Adamed Pharma kompaniyasida Silikon (Kremniy) vodiysida orttirgan tajribasi sharofati bilan raqamli transformatsiyani hamda texnologik va innovatsion loyihalar rivojini qoʻllab-quvvatlaydi.