Ispaniyadagi ekspansiya

Adamed Kataloniyadagi Sanofi zavodini sotib oldi va Ispaniyada rivojlanishning yangi bosqichini boshlamoqda

 

Adamed Pharma Kataloniyaning Riells va Viabrea shahridagi Sanofi ishlab chiqarish zavodini sotib olish jarayonini yakunladi. 1-iyuldan boshlab fabrika rasman Polshaning farmatsevtika va biotexnologiya kompaniyasiga tegishli. Ushbu xarid Adamed kompaniyasining Ispaniyadagi mavqeini mustahkamlaydi va kompaniyaning xalqaro miqyosda yanada kengayishini qo'llab-quvvatlaydi.

 

Riells – Adamed kompaniyasining G'arbiy Evropadagi birinchi ishlab chiqarish korxonasidir. Fabrika 50 yildan beri faoliyat ko'rsatib kelmoqda, unda 200 dan ortiq xodim mehnat qiladi va yiliga dunyoning 77 mamlakatiga yetkazib beriladigan 75 million qutiga yaqin dori-darmon ishlab chiqaradi.

Yaqin yillarda Adamed zavodga bir qator investitsiyalar kiritadi, bu ega u yerda Adamed dori-darmonlarini ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish imkonini beradi, shuningdek, jamoalarning malakasini oshirish ustida ish olib boradi.

 

Riells fabrikasining Adamed xalqaro strategiyasidagi o'rni

Riells zavodi Adamedning xalqaro ishlab chiqarish tarmog'ida dunyodagi o'nlab bozorlar uchun mo'ljallangan katta hajmdagi dori-darmonlarni ishlab chiqarish markazi sifatida asosiy rolni o'ynaydi.

Kataloniyadagi fabrika kompaniyaning hozirgi ishlab chiqarish bazasini to'ldiradi. Polshadagi Pabianitse va Ksaveruv shaharlaridagi zavodlar turli xil dori-darmonlarni ishlab chiqarish uchun javobgardir, Vetnamdagi zavod esa kichikroq partiyalar va yuqori faollikka ega ("high potent") mahsulotlarga ixtisoslashgan. Riellsda katta hajmdagi dori ishlab chiqarish Polsha kompaniyasiga bir vaqtning o'zida ko'plab bozorlar ehtiyojlariga yaxshiroq javob berish imkonini beradi.

Riells fabrikasi tufayli Adamed o'zining ishlab chiqarish quvvatini yiliga deyarli 10 milliard tabletkagacha, ya'ni ikki baravarga sezilarli darajada oshiradi. Ushbu investitsiya kompaniyaya ishlab chiqarish joylarini diversifikatsiya qilish, yetkazib berish zanjiri barqarorligini mustahkamlash va Evropada dori-darmon xavfsizligini kuchaytirish imkonini beradi.

 

Bemorlar uchun ishlab chiqarish va yetkazib berishning uzluszligi

Adamed fabrikaga bosqichma-bosqich o'z mahsulotlarini joriy qiladi, shuningdek, boshqa farmatsevtika kompaniyalari, jumladan Sanofi bilan hamkorlikni davom ettiradi. Bunday yechim bemorlarga dori-darmonlarni yetkazib berish uzluksizligini va zavodning operatsion barqarorligini ta'minlaydi.

Keyingi yillarda Adamed fabrikani modernizatsiya qilishga, jumladan, uskunalar parki, logistika infratuzilmasi, IT tizimlari va atrof-muhitni muhofaza qilishga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. Batafsil investitsiya rejasi zavodning chuqurlashtirilgan operatsion tahlili yakunlangandan so'ng tayyorlanadi.

 

Ispaniya – Adamedning asosiy bozorlaridan biri 

Adamed 2009-yildan beri Ispaniyada Adamed Laboratorios shu'ba korxonasi orqali faoliyat yuritib kelmoqda. Ispaniya Adamed dori-darmonlari uchun eng muhim bozorlardan biridir.