Cookie-fayllarga doir siyosat

Cookie-fayllar nimani anglatadi?

Cookie-fayllar veb-sayt foydalanuvchisining terminal qurilmasida saqlanadigan raqamli axborot, maxsus matnli fayllar va ularning maqsadi foydalanuvchiga veb-saytdan foydalanishga ruxsat berishdir. Cookie-fayllar odatda tegishli veb-sayt nomi, berilgan terminalda saqlanish muddati va xos raqamdan tashkil topadi. Veb-sayt foydalanuvchisining terminal qurilmasida cookie-fayllarni saqlash va ulardan foydalanish uchun idorasi Pieńków shahri, Mariana Adamkiewicza koʻchasi, 6A-uy, 05-152 Czosnów manzilida roʻyxatdan oʻtgan Adamed Pharma S.A. toʻliq masʼul hisoblanadi.

Cookie-fayllarga doir siyosat

Cookie-fayllar nima uchun ishlatiladi?

Cookie-fayllar Foydalanuvchi tomonidan Veb-saytdan foydalanishga oid maʼlumotlarni toʻplash maqsadida ishlatiladi. Xususan, cookie-fayllar quyidagi funksiyalarni dastaklaydi:

  1. foydalanuvchining sessiyasini (foydalanuvchi tizimga kirgandan keyin) saqlaydi, yaʼni foydalanuvchi veb-saytning har bir ichki sahifasida login va parol kiritishi shart emas.
  2. foydalanuvchining xususiyatlaridan kelib chiqib veb-sayt sahifalarini moslashtiradi va veb-saytdan foydalanishni maqbullashtiradi; xususan, cookie-fayllar aks etadigan sahifalarni alohida foydalanuvchining xususiyatlariga moslashtirishga imkon beruvchi veb-sayt foydalanuvchisining terminal qurilmasini aniqlashga qodir.
  3. veb-saytdan qanday foydalanishni tushunishga yordam berish, qolaversa, uning tuzilishi va mazmunini takomillashtirish maqsadida statistika toʻplaydi,

Cookie-fayllarning qanday turlari ishlatiladi?

Veb-sayt cookie-fayllarning ikkita asosiy turidan foydalanadi: sessiya cookie-fayllari va barqaror cookie-fayllar. Sessiya cookie-fayllari foydalanuvchi tizimdan, veb-saytdan yoki brauzerdan chiqquniga qadar uning terminal qurilmasida saqlanadigan vaqtinchalik fayllardir. Barqaror cookie-fayllar ularda belgilangan muddatga qadar yoki foydalanuvchi tomonidan olib tashlangunga qadar uning terminal qurilmasida saqlanadigan fayllardir.

Veb-sayt cookie-fayllarning quyidagi turlaridan foydalanadi:

  1. veb-sayt ularsiz muayyan xizmatlarni taʼminlay olmaydigan “muhim” cookie-fayllar; bularga veb-saytda autentifikatsiya talab qiluvchi xizmatlarni taʼminlashda foydalaniladigan autentifikatsiya cookie-fayllari kiradi;
  2. veb-saytdan foydalanishga doir maʼlumotlarni toʻplovchi “ijro” cookie-fayllari
  3. veb-saytga Foydalanuvchi tomonidan tanlangan sozlamalarni “eslab qolish”ga va Foydalanuvchi interfeysini shaxsiylashtirishga imkon beruvchi “ishchi” cookie-fayllar.

Qanday qilib cookie-fayllarni saqlash va ulardan foydalanishni oʻzgartirish mumkin?

Aksariyat hollarda, veb-sahifani ochishda foydalaniladigan dasturiy taʼminot (brauzer) cookie-fayllarni standart tarzda foydalanuvchining terminal qurilmasida saqlashga imkon beradi. Veb-sayt foydalanuvchilari istalgan paytda cookie-fayllar sozlamalarini oʻzgartirishlari mumkin. Xususan, mazkur sozlamalar brauzer sozlamalarida cookie-fayllarni avtomatik tarzda dastaklashni bloklab qoʻyish yoki har doim foydalanuvchiga cookie-fayllar uning qurilmasiga saqlanishi haqida xabar berish yoʻli bilan oʻzgartirilishi mumkin. Cookie-fayllarni boshqarishning turli rejimlari haqida batafsil maʼlumot brauzer sozlamalari oynasida mavjud. Veb-sayt operatori foydalanuvchiga veb-saytdagi ayrim xizmatlarga taʼsir qiluvchi cookie-fayllardan foydalanishga oid cheklovlar haqida xabar beradi. Cookie-fayllarga oid yanada batafsil maʼlumot uchun www.wszystkoociasteczkach.pl saytiga kiring yoki brauzer menyusidagi “Yordam” boʻlimidan maslahat oling”.